POYTAXTIMIZDA KATTA SPORT BAYRAMI
Poytaxtimizda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi. Unda qit’amizning 16 ta saralangan terma jamoasi musobaqa medallari hamda jahon chempionatiga beriladigan 5 ta yo‘llanma uchun bahslashadi.
Musobaqada bahslarni boshqarib borish uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan Iroq, Xitoy, Yaponiya, Avstraliya, Eron, Iordaniya, Qirg‘iziston, Malayziya, Filippin, Birlashgan Arab Amirliklari va Vyetnam davlatlaridan 16 nafar hakam saralab olingan. Bu safargi qit’a chempionatida mamlakatimizdan hakam ishtirok etmaydi. FIFA futzal referesi Shuhrat Po‘latov jarohati sabab Osiyo chempionatida ishtirok eta olmaydi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazadi.
T. ORTIQOVA