Fond faoliyatidan (2016-6)

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi fondning hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi mutaxassislari tomonidan Nukus shahridagi 20, 22–va 25-umumta’lim maktablarida 229 nafar o‘quvchi o‘rtasida “Erta turmushga chiqishning salbiy oqibatlari”, “Qarindoshga quda bo‘lmang!”, “Skrining tekshiruvini bilasizmi?”, “OITS dardi – bu nima?” kabi mavzularida ma’ruza o‘tkazildi.

 

Andijon

viloyati fondning hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi tomonidan Asaka tumanidagi Ergashobod, Ko‘chgan, Marqayuz qishloq vrachlik punktlarida 395 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Jizzax

viloyati fondning hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi tomonidan Jizzax shahridagi 19–va 53-umumta’lim maktablarining o‘quvchilari hamda Jizzax davlat pedagogika instituti talabalaridan 290 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Navoiy

viloyati fondning hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi tomonidan Karmana tumanidagi Bo‘ston va Uchqun qishloq vrachlik punktlarida 310 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: