KASB MAHORATI IJODKORLIKDA

Ilk qadamlari bilan odimlab borayotgan “Obod turmush yili”da qalbi kuch-g‘ayrat va shijoatga limmo-lim yigit-qizlar yangidan-yangi marralar sari intiladi. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda, avvalo, ota-onaning, so‘ngra ustozdek mo‘tabar zotning o‘rni beqiyos.

Mamlakatimizda milliy hunarmandchiligimiz rivoji bilan bir qatorda ustoz-shogird an`analari ham yanada kamol topmoqda. Bugun avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan boqiy meros hunarmandchilikka havasmand o‘quvchilarining erishayotgan muvaffaqiyatidan bir olam quvonchlarga to‘lgan ana shunday ustozlardan biri Shuhrat Inoyatov o‘zi rahbarlik qilayotgan Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji faoliyati haqida bizga qo‘yidagilarni so‘zlab berdi:

– Biror-bir kasbni egalash uchun, avvalo, bolaning o‘zida qiziqish bo‘lishi lozim. Har yili maktablarga borib, 9- sinf bitiruvchilari o‘rtasida suhbat o‘tkazamiz hamda ularning qiziqishlariga qarab o‘quv dargohimizga jalb qilamiz. Ta`lim dargohida o‘quvchilarga “Zargarlik”, “Yog‘och o‘ymakorligi”, “Mebel yasash”, “Milliy etnografik liboslar dizayneri”, “Gaz va suv ta`minoti”, “Avtochilangarlik” kabi o‘n yo‘nalishda kasb o‘rgatiladi. Zamon talabi asosida jihozlangan o‘quv xonalarida yigit va qizlar tanlagan kasbining sir-asrorlarini mukammal egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘quvchilar tanlagan kasblari bo‘yicha olgan bilimlarini o‘quv amaliyotlarida yanada mustahkamlaydi. Bo‘lajak tikuvchilar “BUYTEX”, “Muruvvat tekst” tikuvchilik qo‘shma korxonalarida, quruvchilik kasbini egallayotganlar Toshkent shahridagi 12 trestda mehnat qilayotgan quruvchilardan, zargarlik sohasi bilimdoni bo‘lishga astoydil harakat qilayotgan o‘quvchilar “Faton” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli zavodlarda o‘quv amaliyotini o‘tkazishadi. Shuningdek, avtochilangarlik kasbini egallayotganlar kollej qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida, “Yog‘och uymakorligi” bo‘limida tahsil olayotganlar Duradgorlik ustaxonasida amaliyot o‘tashadi.

2012-yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan Respublika Milliy-hunarmandchilik ko‘rgazmasida hamda har yili Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimizning yutuqlari salmog‘i ham borgan sari ortib bormoqda. Ushbu tanlov qatnashchisi Madina Bohodirjonova yosh tadbirkorlar uchun beriladigan imtiyozli kredit olishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni vaqtda uning “Chinni tayyorlash tsexi”da qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilgan. “Mening biznes g‘oyam” Respublika ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi qatnashchisi Saodat Muxsimova, “Qurilish va pardozlash bo‘yicha kasb mahorati” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida I o‘rinni egallagan Farhod Raxmatbekov, 2012-yilda Respublika miqyosida o‘tkazilgan san`at haftaligining “Yog‘och o‘ymakorli”gi yo‘nalishida faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritgan Abdimo‘min Xafizovlarning muvaffaqiyati, avvalo, egallayotgan kasbiga bo‘lgan qiziqishidadir. Shu bois Abdimo‘min kabi bir guruh kollej o‘quvchilarining o‘z qo‘li bilan tayyorlagan ishlari “Bazaar Art” da namoyish etildi. Birgina bu emas kollejlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh dizaynerlar” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida Nozima Niyozmetova, Madina Po‘latxo‘jayeva kabi o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, liboslarning rang-tasvir namoyishida Diyora Madaminova faxrli I o‘rinni egalladi.

Яна ўқинг:  Оромгоҳга жалб қилинмаган болалар нима билан машғул бўлади?

Ta`lim muassasasida o‘quvchi-yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Toshkent tennis kortida bo‘lib o‘tgan “Qo‘l jangi bo‘yicha XII Xalqaro turnir” da Shamsiddin Yo‘ldoshev I o‘rinni egalladi. U mazkur yo‘nalish bo‘yicha 2013- yil Moskva shahrida o‘tkaziladigan musobaqaga yo‘l olmoqda. Polvon yigitning yasagan zargarlik ishlari aslo usta zargarlarnikidan qolishmaydi. Ilm maskanida ana shunday iqtidorli o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Yoshlarni bilim va hunarga yo‘naltirish aslo kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir. Ular hunarli bo‘lsa kelgusi hayoti to‘la-to‘kis ta‘minlanadi. O‘tgan yili kollejni bitirgan 704 nafar o‘quvchilarning barchasi o‘z kasblari bo‘yicha uch tomonlama shartnoma asosida ishga joylashtirildi.

Darhaqiqat, bugungi kunga kelib 2100 dan ziyod o‘quvchilar tahsil olayotgan ilm dargohida 86 nafar o‘qituvchi va amaliyot ustalari mehnat qilishadi. Rohila Jamoliddinova, Mastura Latipova, Gulchehra Abdullayeva, Ra`no Aripova, Naima Tillayeva, Mirzohid Samikov, Nilufar Karimova singari ustozlarning say`i-harakati bois o‘quvchilarning ijodkorligi, egallayotgan kasbiga mehri bo‘lakcha.

Qishki ta`tilda “Temuriylar tarixi” va “O‘zbekiston tarixi” kabi shaharning ko‘zga ko‘ringan muzeylariga sayohat qilayotgan kollej o‘quvchilarining bu yerdagi naqshinkor san`at na‘munalariyu buyuk ajdodlarimizning ijodkorligi borasidagi bahs-munozaralari uzoq davom etdi. Chunki ijodkorlik zavqi avloddan-avlodga o‘tib ularning qon-qoniga singib ketgani bois yaratish, bunyod etish shijoati yigit-qizlarni yuksak natijalarga erishishga chorlaydi.

J.HAYDAROVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: