Qo‘shiqlarning qadimiysi va a’losi

Beshikda yotgan jajjigina jiyanim birdan yig‘lab qoldi. Yugurib borib, uni ovutishga harakat qildim. Foydasi bo‘lmagach, xayolimga “qo‘shiq eshitsa ovunib qoladi” degan fikr keldi.

Qo‘l telefonimdan unga qo‘shiq qo‘yib berdim, ammo u yig‘lashdan to‘xtamadi. Jiyanimning yig‘isini eshitgan opam yugurib kelib unga alla ayta boshladi. Shuncha kuy-qo‘shiqlarga ovunmagan go‘dak onasining allasini eshitib, yig‘ini unutib, shiringina uxlab qoldi. Ana o‘shanda dunyo beshiklarini tebratib turgan alla haqiqatdan ham mo‘jizaviy va ilohiy kuy ekanligini angladim.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq garchand onasi qalbining tub-tubidan chiqayotgan qo‘shiqning ma’nosini anglamasada, u asta tinchib, uxlab qoladi. Alla go‘daklarning kelajakda yetuk, ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom bo‘lib yetishishida hamda ona Vatani va eliga mehr-u muhabbatli bo‘lib ulg‘ayishida katta ahamiyatga ega.

Yevropalik olimlarning olib borgan bu boradagi navbatdagi tadqiqotlari ham fan olamida katta kashfiyot bo‘ldi. Tadqiqot jarayoniga ko‘ra bir qator bo‘lajak onalar homiladorlik davridanoq tug‘ilajak farzandi uchun alla ayta boshlagan. Har kuni bir xil vaqtda alla kuylayotgan onalar ma’lum bir kuni qo‘shiq aytishni to‘xtatishadi. O‘sha vaqtda homila ona qornida bezovtalana boshlaydi. Onalar yana alla ayta boshlaganda bola tinchlanadi.

Ba’zan hayot davomida shunday yosh onalar uchraydiki, bolasi yig‘laganda unga qo‘l telefonidagi tayyor allani eshittirishadi. Ba’zan o‘ylanib qolamiz, bu yosh onalarimizning alla aytishni bilishmasligidan dalolat beradimi, yoki bu vaqtni tejashdan darakmi?! Notabiiylikdan taralayotgan kuy bolaning ko‘ngliga, ong-u shuuriga onasi aytgan allachalik singib borarmikin?! Bundan bola tinchlanarmikin?! Yo‘q albatta. Zero, ona o‘z so‘zlari bilan aytayotgan mahzun kuyiga dilporasiga qalb qo‘rini berib barcha orzu va istaklarini, g‘am anduh va armonlarini singdirib boradi. Bola yurakdan aytilgan so‘zlarni jon qulog‘i bilan tinglaydi. Axir bu g‘ayrioddiy ovoz emas, balki ilk paydo bo‘lgandan beri u bilan hamroh bo‘lgan tanish ohanglar va talaffuzlarku?! Aytilgan alla esa bolaga berilgan mehrning bir ko‘rinishidir. Axir onajonlarimiz, buvijonlarimiz ham bizni alla aytib voyaga yetkazishgan-ku?! Hozirda yosh onalarimiz kamdan-kam hollarda farzandlariga alla aytishadi. Vaholanki alla eshitib ulg‘aygan bola bilan alla eshitmay ulg‘aygan bolalar o‘rtasida farq bo‘ladi. Bu ularning teran fikri va so‘zlarning tiniq talaffuzida namoyon bo‘ladi. Zero, bola ona tilidagi ilk talaffuzlarni alla orqali o‘zlashtirib boradi.

Яна ўқинг:  МАЗАЛИ КУЛЧАТОЙ

Shunday ekan yosh onalarimiz momolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan allalarni aytib tunlarni tonglarga ulashsin.

Maftuna VALIYEVA,

O‘zMU jurnalistika

fakulteti talabasi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: