“KAMOLOT” UYLARI TOPSHIRILDI

Poytaxtimizning Chilonzor tumanida yosh oilalarga mo‘ljallangan “Kamolot” uylari foydalanishga topshirildi.

Davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yoshlar siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi.

Qarorga muvofiq, mamlakatimizning barcha hududlarida ko‘p qavatli “Kamolot” uylari qurish va ijtimoiy faol yosh oilalarga imtiyozli kredit evaziga, boshlang‘ich badalsiz berish belgilangan. Bu vazifalarning tizimli amalga oshirilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim omil bo‘lmoqda.

Zamonaviy shaharsozlik va binokorlik talablariga mos, tabiiy iqlim sharoitini hisobga olgan holda qisqa muddatda bunyod etilgan har biri 32 xonadondan iborat 2 zamonaviy ko‘p qavatli uy qurilishida yurtimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan foydalanilgani hamda maishiy elektr texnika vositalari bilan jihozlangani e’tiborga loyiq.

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi” nima?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: