SAMARQAND BO‘YLAB SAYOHAT

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan tashkil etilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, loyihalar kam ta’minlangan, o‘zgalar e’tiboriga muhtoj bolalarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Ona Vatan tarixi” shiori ostidagi sayohatlarda “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar farzandlari yurtimizning qadimiy shaharlari, mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar bilan tanishish, o‘zlarining bilim va salohiyatini oshirish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Poytaxtimizdagi “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarining Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi. Qishki ta’til kunlarida o‘quvchilar uchun munosib tuhfa bo‘lgan ushbu sayohat davomida o‘g‘il-qizlar qadimiy va navqiron Samarqand haqida ko‘plab ma’lumotlar bilan tanishdi.

Yana o‘qing:  SARIMSOQDAN YASHARTIRUVCHI MALHAM

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: