JAMIYATIMIZ TARAQQIYOTIDA YOSHLARNING O‘RNI

Yoshlar ijod saroyida O‘zbekis­ton Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan “Jamiyatimiz taraqqiyotida yoshlarning o‘rni” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Qonunchilik sohasida yoshlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya etishga doir yigirmadan ortiq qonun qabul qilinib, o‘ttizdan ortiq xalqaro hujjat ratifikatsiya qilindi. Ko‘plab yangi o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar tashkil etildi. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz o‘quv-ishlab chiqarish ta’limining yaxlit tizimi shakllantirildi.

Davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ezgu sa’y-harakatlarda dasturilamal bo‘lmoqda.

Yosh avlodning huquqiy madaniyati va jamiyatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar jarayonidagi faolligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida yoshlarni qiziqtirgan savollarga deputatlar va soha mutaxassislari javob berdi.

Z.MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  AGRAR SOHA takomillashmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: