AGRAR SOHA takomillashmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati tashabbusi bilan Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan “Agrar sohaning huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish istiqbollari” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Bugungi kunda mamlakatimizning boshqa sohalari qatori qishloq xo‘jaligi sohasida ham keng ko‘lamli o‘zgarishlar va sifat jihatidan yangilanishlar kuzatilmoqda. Ana shu yutuqlarning omili sifatida sohaga oid huquqiy hujjatlarning puxta ishlab chiqilganligi hamda ularning shu davr talablariga mos takomillashtirib borilishi bilan bog‘liqligini qayd etish o‘rinlidir.
Tadbirda Qo‘mita tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2015 yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari dasturini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va 2016 yilga rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Yil boshidan qo‘mita a’zolari tomonidan sohaga oid 1 ta kodeks va 16 ta qonun qayta ko‘rilib, tahlillar natijasida ayrim qonunlar bugungi kun talabiga javob bermasligi, mazmunan eskirganligi, sohadagi ba’zi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida o‘zaro ziddiyatlar borligi kuzatilib, ular deputatlar tomonidan qonun ijodkorligi jarayonida takomillashtirib borilishi ta’kidlandi.
Joriy yilda qabul qilinib, Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri hamda “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida Qo‘mita a’zolari ommaviy-axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob berishdi.
M. XO‘JAMURODOVA,
“Sog‘lom avlod” muxbiri