Seminar OIV va OITSga bag‘ishlandi
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, OITS, sil va bezgakka qarashi Global jamg‘arma hamda Respublika OITS markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida OIV va OITS tarqalishiga qarshi kurashishda doimiy muloqot va ijtimoiy sherikchilikni kengaytirish va kuchaytirish” mavzuidagi loyiha doirasida poytaxtdagi “Grand-Toshkent” mehmonxonasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminarda Respublika OITSga qarshi kurash markazi oliy toifali vrach-epidemiologi Habibullo Ashurov jurnalistlarga OIV va OITS xastaligining sabab va oqibatlari, hamda bemorlarga nisbatan keng jamoatchilikning bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishi zarurligi, fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlarning bu infeksiya xususida tibbiy savodxonligini oshirish dolzarbligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, OIV va OITS bo‘yicha jahondagi hamda O‘zbekistondagi vaziyat, bu borada hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli amaliy chora-tadbirlar hususida ham seminar ishtirokchilariga ma’lumotlar berildi.
Ushbu tadbir interfaol usulda olib borildi. Seminar ishtirokchilari shifokor-mutaxassisdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Gulchehra ShIRINOVA