SOG‘LOM BOLA – SOG‘LOM VA AHIL OILA MEVASI

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2016 yilning mamlakatimizda Sog‘lom ona va bola yili deb nomlanishi barchamizni behad quvontirdi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda barkamol avlod tarbiyasi, ona va bola salomatligini asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, bu borada keng ko‘lamli umummilliy dasturlarimiz doirasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarimiz dunyo miqyosida tan olingani barchamizni mamnun etadi.

Sog‘lom va mustahkam oila, sog‘lom avlod haqida so‘z yuritar ekanmiz, Yurtboshimizning quyidagi fikrlari eng asosli va hayotiy haqiqat ekaniga ishonch hosil qilamiz: “Sog‘lom bola, sog‘lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizga o‘tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan azaliy intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush va tafakkur tarziga nazar solsak, ular insonning nasl-nasabiga, yetti pushtining tozaligiga, avlodning sog‘lig‘iga juda katta e’tibor berganini ko‘ramiz.

Sog‘lom bola sog‘lom va ahil oilaning mevasi bo‘lib, faqatgina sog‘lom onadan sog‘lom bola tug‘iladi. Asrlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan bu haqiqatni tushuntirib, izohlab o‘tirishning hojati yo‘q”.

Shu bois mamlakatimizda xotin-qizlar salomatligini mus­tahkamlash, ro‘zg‘or yumushlarini yengillashtirish, ularning turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” milliy modelini izchillik bilan hayotga tatbiq etish, zamonaviy tibbiy-profilaktika asosida aholining barcha qatlamini, xususan, bolalar, o‘smirlar, tug‘ruq yoshidagi ayollarni to‘liq qamrab olish hukumatimizning diqqat markazida.

So‘nggi yillarda barcha davolash-profilaktika muassasalari qatori viloyatimizdagi barcha tug‘ruq komplekslari Xitoy, Yaponiya, Germaniyadan keltirilgan zamonaviy laboratoriya va tashxis uskunalari bilan jihozlandi. “Bebiterm”, “Pulsoksiometr”, “Kardiomonitor” kabi tibbiy uskunalar yordamida chaqaloqlarga mikroiqlim yaratish, ayollarning organizmidagi o‘zgarishlarni nazorat qilib borish kabi imkoniyatlar yaratildi. Natijada muddatidan oldin tug‘ilgan go‘daklar hayotini saqlab qolish, homiladorlik davridagi turli patologik o‘zgarishlarni bartaraf etish, go‘daklarni mutlaqo sog‘lom holatda dunyoga keltirish borasida juda katta muvaffaqiyatlarga erishildi.

Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda qilgan ma’ruzasida xalqimizga xos ezgu an’analarimizga hamohang tarzda “Sog‘lom va mustahkam oila sog‘lom kelajak poydevori ekanini nazarda tutib, bo‘lajak kelin-kuyovlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha mas’uliyatni kuchaytirish, shu maqsadda tegishli poliklinikalarni zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlash, ularda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalasiga eng muhim vazifa sifatida qarashimiz zarur”, deya ta’kidladi. Kelgusi avlodlar taqdiriga bevosita daxldor bu gaplar ona sifatida ham, mutaxassis sifatida ham dilimizdagi o‘ylarga hamohang bo‘ldi. Zero, sog‘lom oilada sog‘lom bola dunyoga keladi.

Yana o‘qing:  TALABALARNING SEVIMLI MASKANI

Dilfuza ABDUSHUKUROVA,

Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: