TILSIZ YOVDAN SAQLANING
Xalqimiz duoga qo‘l ocharkan, “o‘t balosidan asrasin”, deya bejiz ta’kidlamaydi. Boisi, olov “qutursa” yo‘lida nima uchrasa, kuydirib, kul qiladi. Bir zumda inson salomatligi, uy-joyi, mol-davlatidan bebahra qolishi hech gap emas.
Inson manfaatlari, uning huquqlari daxlsizligi ustuvor masala hisoblangan mamlakatimizda esa kishilarning turmush tarziga salbiy ta’sir etadigan bu kabi holatlarning oldini olish borasida ko‘pgina chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan har yili 20 noyabrdan 20 dekabrgacha yurtimizda yong‘in xafvsizligi oyligi o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Mazkur oylik doirasida qismimiz tomonidan ham ko‘pgina xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda. Xususan, qismimiz tomonidan yong‘indan muhofaza qilinayotgan “Sho‘rtanneftgaz” MCHJ ob’yektlarining suv manbalari tekshirib chiqildi. Olti marta yong‘in o‘chirish amaliy-taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda maskan rahbariyati, ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi, ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati va fuqaro muhofazasi xodimlarini yong‘in xavfsizligi xizmati bilan ularning yong‘in paytidagi harakatlari va o‘tni o‘chirishga tayyorgarligi amaliy sinab ko‘rildi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida korxonaning ishchi-xizmatchilari o‘rtasida yong‘in o‘chirish texnikalari va asbob-anjomlarining taktik imkoniyatlari ko‘rsatilib, ko‘rgazmali targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
B. MAXMATQULOV,
Qashqadaryo viloyat IIB YOXB 45-HYOXO 12-HYOXQ boshlig‘i o‘rinbosari, katta leytenant