MUQADDAS OSHYON – MUSTAHKAM QO‘RG‘ON

Oila – jamiyatning bosh negizidir. U qanchalik mustahkam, osoyishta bo‘lsa, jamiyat shuncha taraqqiy etadi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, oila farovonligi – yurt farovonligi asosidir.

Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu hayo, mehru oqibat, mehnatsevarlik kabi chin insoniy fazilatlar, eng avvalo oilada shakllangan.

Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda Ona siymosi gavdalanadi. Muqaddas go‘shaning mustahkamlgini ta’minlovchi birinchi omil – Ona, uning oqilaligi, mehru muruvvati, sadoqati va farosatliligidir.

Istiqlol yillarida hukumatimiz tomonidan oilaga alohida e’tibor qaratilib, “Oila”, “Ona va bola”, “Sog‘lom avlod”, “Ayollar”, “Yoshlar” va “Barkamol avlod” yillari e’lon qilindi. O‘tayotgan yilning mamlakatimizda “Mustahkam oila yili” deya nomlanishi, yurtimizda oila institutini yanada rivojlantirish, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mahallaning mavqeini mustahkamlash imkonini berdi.

Ma’lumki, mamalakatimizda ayollar huquqi davlatimiz tomonidan qonun asosida to‘la-to‘kis himoya qilinadi. Yurtimizda ona va bola salomatligini tiklash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha ijtimoiy-siyosiy sohalarda ularning faol ishtiroki yurtimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutmoqda.

Xullas, Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib voyaga yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir.

Laziza SOBIRXONOVA,

Toshkent Islom universiteti III bosqich talabasi

Yana o‘qing:  Bahorning bir kuni yilga tatir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: