PEDIATRIYADA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarga ixtisos­lashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning bugungi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika pediatr shifokorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar, shifokorlar, Germaniya, Italiya, AQSH, Janubiy Koreya, Rossiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi.

Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan muassasalarni modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-­amaliy tibbiyot markazida olib borilgan modernizatsiya ishlari natijasida diagnostika va davolash ishlari qamrovi yanada kengaydi. Ayni paytda viloyatlardagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida ana shunday loyihalar bajarilayotir.

Bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishda tibbiyotning ilg‘or texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirish barobarida ilm-fanning dolzarb masalalari yechimi yuzasidan ko‘plab loyihalar hayotga tatbiq qilinmoqda. Natijada kardiojarrohlik, gastroenterologiya, nevropatologiya va boshqa yo‘nalishlarda yangi davolash amaliyotlari joriy etildi.

Tadbirda pediatriya sohasini rivoj­lantirish, ilm-fan yangiliklarini amaliyotga tatbiq etish, reproduktiv salomatlik, onalik va bolalikni muhofazalashga yo‘naltirilgan loyihalar natijalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Bolalar jarrohligi, neonatologiyada zamonaviy yondashuvlar, kam invazivli operatsiyalar, bolalar shifoxonalarida menejment va tashkilotchilik, chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiya, bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish mavzularida “Mahorat darslari” va davra suhbatlari tashkil etildi.

Anjumanning ochilishida O‘zbekis­ton Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  YeNGIL ATLETIKACHILARIMIZ G‘ALABASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: