Diqqat, “Yong‘in xavfsizligi oyligi”!

“Hurmatli, hamyurtlar! Ma’lumki, qish fasli boshqa davrlarga nisbatan fuqarolarning isitish moslamalariga bo‘lgan ehtiyojlarini bir muncha ortib borishi bilan yong‘in xavfini ham keskin ortib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday holatning oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 noyabr kunidagi 309-sonli qaroriga asosan joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar respublika miqyosida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. Qarorda ko‘rsatilganidek ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – “iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini, shuningdek, uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holatga keltirish hamda o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’yektlarda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish” – deb belgilangan.

Aziz vatandoshlar! Sizlardan ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘ragan holda ta’kidlaymizki, bu davrlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilib, Siz nafaqat oylik tadbirning faol ishtirokchisiga aylanasiz, balki bu bilan davlat va o‘z shaxsiy mulkingizni, uy-joyingizni yong‘indan asragan, shuningdek, yaqinlaringiz va farzandlaringiz xavfsizligini ta’minlagan bo‘lasiz.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlarining o‘tkazilishida faol ishtirok etgan tashabbus­kor yurtdoshlarimizga oldindan samimiy minnatdorchilik bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi

Yana o‘qing:  Mushtarak maqsad yo‘lidagi hamkorlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: