YURAK KASALLIKLARINING OLDINI OLISHGA QARATILGAN LOYIHA

Yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi kurashning zamonaviy va innovatsion uslublarini o‘rganishdan iborat ilmiy-tadqiqot loyihasi o‘z ishini boshlamoqda. Bu haqida Florida shtatining Orlando shahrida bo‘lib o‘tgan Amerika kardiologlari assotsiatsiyasi (AKA) konferensiyasida e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 50 million dollarga baholanmoqda. Buning yarmini Amerika kardiologlari assotsiatsiyasi, qolgan yarmini esa “Google” kompaniyasi moliyalashtiradi. Assotsiatsiya uchun bu ilmiy-tadqiqot loyi­hasiga sarflangan eng katta mab­lag‘ bo‘ladi.

“Yer yuzida boshqa har qanday xastaliklarga qaraganda yurak-qon tomir kasalliklaridan ko‘proq odamlar nobud bo‘ladi, – deya ta’kidlagan “Google Life Sciences” rahbari Endi Konrad. – Bu muammoni innovatsiyalar yordamida hal etish vaqti keldi. Shu paytgacha yurak kasalliklariga qarshi kurash uslublarini takomillashtirish juda sekinlik bilan amalga oshgan”.

Eslatib o‘tamiz, “Google Life Sciences” shu yil avgust oyida korporatsiyaning biotibbiyot bo‘linmasi asosida tashkil etilgan. Kompaniya tibbiy-texnologik tadqiqotlar va turli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan loyihalar ustida ishlaydi.

Fazilat SA’DULLAYEVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji katta o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Go‘shtni ko‘p iste’mol qiluvchilar diabetga moyil bo‘ladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: