BULG‘UR SALATI

Zarur mahsulotlar: 1 stakan bulg‘ur, (ustiga qaynoq suv solib ishlov berilgan qattiq bug‘doy. Keyin u toza, tabiiy tolali mato ustida oftobda quritib olinadi. So‘ngra hovonchada yanchiladi va bulg‘ur yormasi tayyor holga keladi). 1 stakan qaynagan suv, yarim stakan zaytun yog‘i, 1 osh qoshiq tomat, 4 dona ko‘k piyoz, 2 dona salat bargi, 1 ta pomidor, ta’bga ko‘ra tuz, murch, yanchilgan qizil qalampir va limon suvi.

Tayyorlanishi: bulg‘urni idishga solib, ustidan qaynagan suv solinadi. Keyin yorma 5-10 daqiqa dimlab qo‘yiladi. Tovaga yog‘ solib, unga bir osh qoshiq tomat solib qovuramiz. Tayyor bo‘lgan bulg‘urga solib, yaxshilab aralashtiramiz. Ko‘k piyoz, petrushka, salat bargi, mayda qilib to‘g‘ralgan pomidor ham ushbu turkcha yormaga qo‘shiladi. Ta’bga ko‘ra tuz, murch, yanchilgan qalampir va limon suvi solib aralashtiriladi. Dasturxonga tortishdan oldin uni ko‘katlar bilan bezatishingiz mumkin.

BEGOYIM

tayyorladi.

Yana o‘qing:  BOLALARGA TA’TIL TUHFASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: