Farzand ila tugal erur baxtimiz

Qani, bolajon seni bir “allo-allo” qilib eshitib ko‘raylik-chi? Qorningdagi baliqlar nima qilayotganini bilib olamiz, xo‘pmi? Mana bu stulga o‘tiraylikchi, o‘g‘il bolalar yig‘lamaydi, ular askar bo‘ladi. Ko‘zlari mo‘ltirab turgan bolajon rostdan ham qornimda baliqlar bor ekanmi yoki men yig‘lasam askar bo‘lolmaymanmi, – deganicha hayratlanib bir muddat yig‘isini ham unutadi.

Poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan Immunologiya markazi bosh shifokori oliy toifali shifokor-pediatr Lola Muhammedjonova huzuriga kelgan bolajonlarni ana shunday shirinsuxanlik bilan qarshi oladi. Ularni sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazgach bolaning sog‘lomligiga ko‘ra emlashga buyuradi. Qo‘li yengil shifokordan tegishli maslahatlarni olgan ota-onalar uning huzuridan mamnun holda chiqishadi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 86-maktabni a’lo baholarga tugatib Toshkent Tibbiyot pediatriya institutiga o‘qishga qabul qilingan L. Muhammedjonovaning orzusi shifokorlik kasbini siru asrorini mukammal egallashga qaratilgan edi. U tirishqoqligi bois ustozlari nazariga tushdi. Institutni muvaffaqiyatli tugatib ushbu dargohda talabalarga o‘zi ham ustozlaridek saboq bera boshladi. So‘ngra ish faoliyatini poytaxtimizdagi 55-oilaviy poliklinikada bo‘lim mudiri hamda shifokor-immunolog sifatida davom ettirdi. Malakali shifokor yillar davomida to‘plagan boy tajribasi bois el nazariga tushdi. 2009 yildan boshlab esa u poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan “Tibbiyot dunyosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi “Immunologiya markazi”da bosh shifokor lavozimida ishlay boshladi. Mazkur markaz Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha bolalarni rejali va undan tashqari emlash ishlarini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufida va nazoratida faoliyat yuritayotgan mazkur markaz immunoprofilaktika bo‘yicha ushbu vazirlik tomonidan chiqarilgan me’yoriy hujjatlar asosida faoliyat yuritmoqda.

– Ma’lumki, go‘dak tug‘ilishi bilan tug‘ruq majmuasida sil, shol va virusli V gepatitiga qarshi emlanadi. Qolgan emlashlar esa bola ikki oyligidan boshlab O‘zbekiston Milliy emlash kalendari asosida ya’ni, ko‘kyo‘tal, bo‘g‘ma, qoqshol, rotavirus infeksiyasi, qizamiq, tepki, qizilcha kabi xastaliklarga qarshi emlanadi. Emlash jarayonida bola organizmida shu kasallikka qarshi immuniteti (organizmning xastalikka chidamliligi oshadi) shakllanadi. Shu bois bola ushbu xastaliklarga chalinuvchan bo‘lmaydi yoki uni yengil shaklda o‘tkazadi, – deya kasallikni ta’kidlaydi Lola opa. – Bolalarni va kattalarni emlash tufayli ularni nafaqat yuqumli kasalliklardan saqlaymiz balki uni keltirib chiqaruvchi asoratlarning oldini olgan bo‘lamiz. Bugun yurtimizda doimiy emlash ishlari amalga oshirilgani bois shol kasalligi deyarli uchramaydi. Markazimizda emlanuvchilardan patronaj xizmati asosida xabar olinadi. Ba’zan bola emlangandan so‘ng unda nojo‘ya ta’sir kuzatilsa tibbiy xodimlar tomonidan nazorat qilinib, kerakli tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Yana o‘qing:  Cuv, gaz, chiroqsiz 1 kun

Lola opaning xushfe’lligi, nurli chehrasi va shirin tabassumi hamda egniga yarashib turgan oq xalati xayolimni olis bolalik sari yetaklaydi. Kechagina o‘zi shifokorlarga havasmand bo‘lgan qiz bugun nufuzli dargohning bosh shifokori. Ha, insonning niyati xolis bo‘lsa unga omad qo‘sh-qo‘sh quvonch olib keladi. Turmush o‘rtog‘i xuquqshunos Zafar Muhammedjonov bilan uch nafar farzandini voyaga yetkazayotgan Lola opa bugun chindanda baxtli ayollarimizdan biri desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jamila HAYDAROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: