Zamonaviy psixolog olimlar bola tarbiyasi haqida shunday fikrlarni bildiradilar

Farzandingiz:

yolg‘on gapirayaptimi? Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgan ekansiz.

o‘ziga ishonmayaptimi? Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz.

yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz.

o‘g‘irlik qilayaptimi? Demak, siz unga sovg‘a-salom bermas ekansiz.

qo‘rqoqmi? Demak, siz uni ko‘p himoya qilar ekansiz.

boshqalarni hurmat qilmayaptimi? Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz.

doim qovog‘i soliqmi? Demak, siz uni maqtamas ekansiz.

qizg‘anchiqmi? Demak, siz u bilan o‘zaro hamkorlik qilmas ekansiz.

sizni bezovta qilib, tinchingizni buzayaptimi? Demak, siz uni bag‘ringizga bosib, yuzlaridan o‘pmas ekansiz.

itoat qilmayaptimi? Demak, siz undan ko‘p narsani talab qilar ekansiz.

odamovi bo‘lib qolganmi? Demak, siz o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora ekansiz.

Yana o‘qing:  TA’RIFINGGA TASHBIH TOPILMAS

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: