GIMNASTIKA BARCHA UCHUN

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumani “Qushbegi” mahallasida joylashgan 38-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 14 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida “Gimnastika barcha uchun” deb nomlangan sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Maxsus Olimpiadasi, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatga moslashishi (integratsiyalashuvi)ga yordam berishdan iborat.

Bu jarayonda nogiron bolalarning sportga keng jalb etilayotgani ular salomatligini yaxshilash, o‘ziga ishonch, qat’iyat, maqsad sari dadil intilish kabi fazilatlarni mustahkam qaror toptirishga xizmat qilayotir.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Bositxonova ishtirok etdi.

M. QURBONBOYEVA

Yana o‘qing:  OGOHLIK – TINCHLIK poydevori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: