NOBEL MUKOFOTI tibbiyot xodimlariga topshirildi
Buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shgan insonlarga beriladigan Nobel mukofoti bu yil ham o‘z egalariga topshirildi.
2015–yil uchun tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga AQSHning Dryu universiteti xodimi Uilyam Kempbell va Yaponiyaning Kitasato universiteti xodimi Satoshi Omura parazit chuvalchanglar keltirib chiqaradigan infeksiyalarga qarshi preparat ishlab chiqqani, Pekin universiteti Yuyu Tu esa bezgakka qarshi dori yaratgani uchun loyiq ko‘rildi.
Bu yil tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olishga 327 kishi da’vogarlik qildi, ulardan 57 nafari uchun bu birinchi urinish edi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi joriy yilning 10 dekabr kuni Shvetsiyaning Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tadi.