YOSH ISTE’DODLAR SARALANDI
Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 21-musiqa va san’at maktabida “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur festival mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur tadbirda ko‘plab yoshlar faol ishtirok etib kelishmoqda.
Tanlovning Sergeli tumanida o‘tgan hududiy bosqichida 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 689 nafar o‘g‘il-qiz qatnashdi. Ishtirokchilar klassika, vokal, xalq cholg‘ulari, tasviriy va amaliy san’at, nazm va nasr, raqs yo‘nalishlarida o‘z mahoratini namoyish etdi.
G‘oliblarga festivalning shahar bosqichiga yo‘llanma berildi.
Z. MAMATQULOVA