HAR BIR BOLA E’ZOZ VA E’TIBORDA

Mana 24 yildirki, ozod va obod O‘zbekistonimizda istiqlol nasimi esmoqda. Qalblarda quvonch-u shodlik hissi jo‘sh urmoqda. Har go‘shada bunyod­korlik va yaratuvchanlik avjida. Mustaqillik, tinchlik va osoyishtalik esa shukronalikka daxldor eng oliy ne’matlar sifatida hayotimizga mazmun kiritdi, turmush farovonligini ta’minladi. Sir emas, ushbu qutlug‘ sana har yili mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanadi.

Yurtimizning har bir go‘shasida bo‘lgani kabi Qo‘qon shahridagi 12-“Mehribonlik” uyida ham “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekis­tonim!”,“Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” shiorlari ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bayram shodiyonasida bolajonlarni qutlash maqsadida O‘zbekiston Xalq shoiri Iqbol Mirzo, O‘zbekistonda xiz­mat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonov, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nodir Jonuzoqlar bilan davra suhbatlari o‘tkazildi. Iqbol Mirzo yangi ijodlaridan o‘qib she’riyatga qiziquvchan bolalarni bahramand etsa, Ilhom Farmonov va boshqa san’atkorlar quvnoq kuy-qo‘shiqlari bilan bolalar quvon­chiga-quvonch ulashishdi.

Farg‘ona shahridagi mazkur “Mehribonlik” uyida tarbiyalanuvchilar ma’nan va jismonan sog‘lom ulg‘ayishi uchun barcha shart-sharoit muxayyo. Bolaning orzu-istagi qalbdagi yaratuvchanlik hissi esa bevosita uning kelajagiga dahldor bo‘ladi. Ana shu jihatlarni e’tiborga olgan holda muassasa rahbariyati tarbiyalanuvchilar­ning kayfiyatiga ko‘tarinkilik baxshida etish maqsadida ularni qiziqtiradigan davra suhbatlari, madaniy va ma’rifiy tadbirlar uyushtirib turishga katta ahamiyat qaratadi.

Bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda kasbga yo‘naltirish maqsadida muassasada “Komp’yuter savodxonligi”, “Tikuvchilik”, “Badiiy havaskorlik”, “Raqs”, “Mohir qo‘llar”, “Yosh rassom”, “Pazandachilik”, “Ingliz tili”, “Musiqa” to‘garaklari tashkil etilgan. Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan bir-biridan chiroyli, ko‘rkam, zamonaviy, jahon andozalari talablariga javob beradigan muassasada is’tedodli bolalarning ko‘pligi bu yerda ta’lim-tarbiya tizimining yaxshi yo‘lga qo‘yilganidan darakdir.

– Alisher Hasanov “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kamalak jilosi” bolalar rasm va amaliy san’at ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. Uning qo‘l mehnati bilan, yasayotgan esdaliklari kishini zavqlantiradi. U chin yurakdan ijod qiladi. Ishlarida ham ana shu samimiylik seziladi. “Mehribonlik” uyimizda qobiliyatli tarbiyalanuvchilar ko‘p. Ularning mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishiga alohida e’tibor bera­miz, – deydi “Mehribonlik” uyi direktori Rahbarxon Mirzayeva.

Yil sayin iqtidorli yoshlarning to­bora ortib borayotgani mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, navqiron avlodni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir.

Яна ўқинг:  Меҳр мангу яшайди

Ushbu muassasada bolalar sportiga ham katta ahamiyat beriladi. Bunday sharoitlarda kamolga yetayotgan yosh tarbiyalanuvchilar sport sohasida ham ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda.

– Tarbiyalanuvchilarimiz sportning do‘stlik va salomatlik garovi ekanini anglab yetgan, – deydi sport murabbiyi Yorqinjon Ismoilov. – “Mehribonlik” uyidagi mavjud sharoitlardan unumli foydalanib, yoshlarga sport sirlarini o‘rgatyapman, bu harakatlar o‘z maxsulini beryapti. Bugun yutimizda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Buning samarasi o‘laroq farzandlarimiz xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

Bolalarning sho‘x-shodon kulgilari olamni quvonchga to‘ldiradi. Ular ozod vatan bag‘rida yayrab yashashlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shunday ekan, biz ishonamizki, bu bolajonlar kelajakda yurtimizning har sohasida faoliyat yurituvchi fidoyi inson bo‘lib kamol topishadi.

Charos XUSHVAQTOVA,

Vasila PO‘LATOVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: