MULTFILMLAR BOLALARNI SEMIRTIRADI
Ko‘pgina multifilmlarning bosh qahramonlari semiz holatda tasvirlanadi. Bu esa kichkintoylarda sog‘lom inson qiyofasiga nisbatan noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otadi. Mutaxassislar ota-onalarga multifilm tanlashda ehtiyot bo‘lish kerakligini ta’kidlashmoqda.
Bolalar ko‘rgan barcha axborotlarni osonlikcha o‘zlashtirib oladi. Televizor esa bunday ma’lumotlarni olish uchun eng qulay vosita sanaladi. Ular vazni og‘ir qahramonlar timsolida ijobiy shaxslarni tasavvur qilishadi. Natijada esa bolalar kichikligidan ortiqcha vazn yig‘a boshlaydi.
Multfilm qahramonlarning tez tayyorlanadigan fastfud taomlari, yog‘li oziq-ovqatlarni iste’mol qilishini ko‘rgan bolalar ularga nisbatan taqlid qila boshlaydi. Ekranda ijobiy, kelishgan qahramonlar qancha ko‘p bo‘lsa bola uni namuna sifatida qabul qiladi.
X. HUSENOVA