SUVDA KO‘ChMA MEHMONXONA
Serbiyada har bir mehmon uchun suvda suzadigan xonasi mavjud mehmonxona o‘ylab topishdi. Bu mehmonxonaga joylashgandan so‘ng, o‘z xonangiz bilan uzoqroqqa suzib, tabiatning qaysi burchagiga borib o‘rnashishni o‘zingiz hal qilasiz.
U yerda tabiat go‘zalligidan zavq olishingiz mumkin. Har bir xona 2-4 kishi uchun mo‘ljallangan. Mazkur g‘aroyib mehmonxonada suzish bilan birgalikda baliq ovlab, tabiat qo‘ynida cho‘milish mumkin. “Salt & Water” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur mehmonxona hozircha konsepsiya holida bo‘lib, tez kunlarda uning qurilishi rejalashtirilmoqda.