FUTBOLCHILARIMIZNING YIRIK G‘ALABASI

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi to‘rtinchi turida Filippin terma jamoasini 5: 1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi “N” guruhida uch ochko bilan uchinchi o‘rinda borayotgandi. Filippin terma jamoasi hisobida esa olti ochko bor edi.

O‘yin boshlanishidan hujumga e’tibor qaratgan terma jamoamiz a’zolari birinchi daqiqada jamoa sardori Odil Ahmedovning kuchli zarbasi evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Shundan so‘ng, tezkor goldan ruhlangan vakillarimiz ketma-ket hujumlar uyushtira boshlashdi. Sardor Rashidov va Igor Sergeevning gollari jamoamizning yirik – 5: 1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa terma jamoamiz olti ochko bilan guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Futbolchilarimiz navbatdagi turda 8 oktyabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Yana o‘qing:  ENG YAXShI OROMGOH TASHKILOTCHILARI TAQDIRLANDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: