WI-FI VA SMARTFONLAR

xavfli o‘smalar rivojlanishiga turtki bo‘ladi

Mutaxassislar fikriga ko‘ra gadjetlar, simsiz telefonlar, smartfon, planshet va shu kabi buyumlar hamda internetga simsiz ulanish (Wi-Fi) imkoniyatidan ko‘p foydalanish inson hayoti hamda salomatligi uchun nihoyatda xatarli ekan.

Chunki, tadqiqot natijalariga ko‘ra bu elektron qurilmalar va Wi-Fi uskunalaridan chiquvchi zararli nurlar nafaqat sog‘liqqa zararli bo‘lib, balki organizmda moddalar almashinuvini izdan chiqaradi. Yana bosh og‘rig‘i, surunkali charchoq sindromi, teri toshmalari, shuningdek, tanada xavfli o‘smalar rivojlanishiga zamin yaratadi.

Olimlarning xulosasiga tayanib shuni aytish joizki, atrof-muhitdan organizmga salbiy ta’sir etuvchi omillar, ya’ni zararli elektromagnit nurlar ta’sirida reaktiv turdagi kislorod paydo bo‘la boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida turli nuqsonlarni keltirib chiqaradi, shu jumladan, onkologik kasalliklarni ham. Ya’ni, patologiya (nuqson)larni rivojlantiruvchi omillarga simsiz tarmoqdagi nurlanishlar ham ta’sir etadi.

Bunday salbiy nurlanish ta’sirida hujayrada oksidlanish jarayoni kuzatiladi. Natijada erkin radikallar paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida yuzlab xastaliklarni keltirib chiqaradi. Erkin radikallar esa hujayra membranasi (qobig‘i)ga salbiy ta’sir etadi. Erta qarishning yana bir sababi shunga ham bog‘liq. Shuningdek, xavfli o‘smalar paydo bo‘lishi, yurak qon tomir kasalliklari va shu kabi nuqsonlar rivojlanishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Zamonaviy gadjetlar va simsiz tarmoqdan mumkin qadar zarur bo‘lsagina foydalanish kerak.

Shuni ta’kidlash joizki, hozirda mobil aloqa vositalari keng tarqalgan. Eng zamonaviy rusumdagi aloqa vositalari inson uchun keng qulaylik yaratmoqda. Albatta har bir kishi undan foydalanishi kerak. Ammo “tanganing ikkinchi tomoni ham bor”ligini unutmaslik kerak.

Hatto, ba’zi ota-onalar go‘daklar injiqlik qilsa ularni tinchlantirish uchun bolalarning qo‘liga uyali telefonlarni berib qo‘yishadi. Afsuski, “sotka” chaqaloq va bolalar uchun ularni ovutadigan ovunchoq emas. Kattalar qo‘lidan kun bo‘yi tushmagan telefonlarni go‘daklar og‘ziga solganini ham guvohi bo‘lamiz. Yosh onalarga bu haqida tushuntirib yoki tanbeh bersangiz u Sizga “hayratlanib boqadi”. Go‘yoki Siz arzimagan narsa tufayli vahima qilayotgandek bo‘lasiz. Aslida ko‘pgina yuqumli kasalliklar maishiy yo‘l bilan ham yuqishi sir emas. Yana go‘dak organizmi rivojlanish va jadal o‘sish pallasida bo‘ladi. Bu esa uning sog‘lig‘iga katta ziyon yetkazadi. Kattalar ham huda-behudaga, ba’zan esa vaqtni o‘tkazish uchungina yuqorida nomlari tilga olingan vositalardan foydalanmasligi darkor. Ularni zarur hollardagina qo‘llasalar, nafaqat o‘zlarining, balki oila a’zolarini ham asrab-avaylagan bo‘ladilar. Inson uxlaganida bu aloqa vositalari o‘chirilgan holda bo‘lishi shart. Ularni odam oyoq tomonidan ikki metr pastlikda quvvat olishga qo‘yish kerak.

Yana o‘qing:  Suvaraklarning odam salomatligi uchun qanday xavflari mavjud?

GULSHIRIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: