AQLLI VELOSIPEDLAR

Zamonaviy avtomobilsozlikning yetakchi vakillaridan biri bo‘lmish Amerikaning “Ford Motor Company” kompaniyasi elektr velosipedlarining ikki – “Pro” va “Me” modellarini taqdim etdi. Ular qator “aqlli” funksiyalarga ega.

Ikkala elektr velosiped ham egilib-bukiladigan konstruksiyaga ega. Bu esa ularni tashishni anchayin yengillashtiradi. O‘rnatilgan muxsus uzatgichlar orqali ular velosipedchini avtomobil yaqinlashayotgani haqida vibratsiya va yorug‘lik indikatorlari yordamida xabardor qiladi. Shuningdek, yo‘lda velosiped harakatlanayotganini bildiruvchi maxsus yonib-o‘chuvchi chiroqlar bilan jihozlangan. Bularning barchasi velosipedchining yo‘ldagi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Velosipedlarda yo‘nalishdan adashmaslikka imkon beruvchi funksiya yo‘lga qo‘yilgan. Uning boshqaruv ruli yo‘lda burilish yaqinlashayotganidan ogohlantirib, o‘ziga xos aloqani hosil qiladi. Bunda Bluetooth iPhone orqali ulangan MoDe:Link ilovasi navigator sifatida foydalaniladi.

Velosipedda velosipedchining jismoniy holatini nazorat qiladigan funksiya mavjud bo‘lib mazkur tizim organizmga zo‘riqishni elektromotorni ishga tushirish orqali kamaytirish imkonini beradi. Biroq sizning holatingizni kuzatib borish uchun iPhonega ulangan fitnes-treker zarur bo‘ladi.

G.EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Cport, nafosat va go‘zallik bayrami

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: