GIPOALLERGIK PARHEZ

Laringit xastaligida ayniqsa, ota-onalar bemor bolaning taomnomasida allergiya qo‘zg‘atmaydigan, ya’ni gipoallergik oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lishiga katta e’tibor qaratishlari zarur. Quyida ushbu mahsulotlar ro‘yxati bilan tanishing:

Bemor iste’mol qilishi mumkin bo‘lmagan mahsulotlar:

– Sitrusli mevalar (apelsin, mandarin, limon, avokado, kivi, greypfrut va shu kabi mevalar), yong‘oq (o‘rmon yong‘og‘i – funduk), bodom, yeryong‘oq, pista, yong‘oq).

– Baliq va uning mahsulotlari (yangi tutilgan baliq va uning sho‘rvasi, konservalari, tuzlangan, dudlangan baliqlar, uvildirig‘i (ikrasi).

– Parrandalar (g‘oz, o‘rdak, kurka, tovuq va shunga o‘xshash xonaki parrandalarning yovvoyi turlari).

– Kofe, kakao, shokolad va uning mahsulotlari.

– Dudlangan mahsulotlar.

– Sirka, xantal, mayonez va shu kabi o‘tkir ta’mli mahsulotlar.

– Xren (erqalampir), rediska, turp, qora turp, tomat (pomidor), baqlajon, qo‘ziqorinlar, tuxum, sut, qulupnay, yertut, qovun, ananas, (qizil qarag‘at (smorodina), maymunjon, malina (xo‘jag‘at).

– Asal, shirin xamirli (xamirturushli) mahsulotlar.

– Barcha turdagi spirtli ichimlik­lar.

Iste’mol qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar:

– Yog‘siz mol go‘shti (qaynatilgani).

– Yorma donli (tariq, suli, arpa) sho‘rvalar. Bir qaynatib, to‘kib tashlangan yog‘siz mol go‘shti solingan sabzavotli sho‘rvalar.

– Saariyog‘, o‘simlik yog‘i, zaytun moyi.

– Qaynatilgan kartoshka, bo‘tqalar (grechixa, guruch, “Gerkules” – suli yormasi).

– Sut mahsulotlari (bir kunlik tvorog, yangi ivitilgan shirin qatiq).

– Sarxil bod­ring va ko‘katlar, dimlab pishirilgan sariq yoki yashil olma, sariq tog‘olcha, olxo‘ri, sariq qarag‘at (smorodina)dan kompot.

– Oq va suvi qochgan non.

Yana o‘qing:  PSIXOLOGIK YORDAM MARKAZLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: