ISTIQLOL YULDUZLARI KASHF ETILDI

Bolalikning har oni shirin. Unda o‘tkazilgan har bir bayram esa beg‘ubor kunlarni yanada farahbaxsh va unutilmas o‘tishiga xizmat qiladi.

Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 46-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bolajonlarning ta’lim dargohida o‘tgan kunlari yanada maroqli va esda qolarli bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Istiqlol yulduzlari” deb nomlangan ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Mazkur bayram shodiyonasiga 46-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda 4-,5-,15-,23-,28- maktabgacha ta’lim muassasalari bolajonlari ishtirok etishdi.

– O‘quv darslari, shuningdek, ingliz tilini o‘yin tarzida o‘tilishi mashg‘ulotlarning samaradorligini oshiradi, – deydi muassasaning musiqa rahbari Xushnoza Muhammedova. – Muassasamizda tashkil etilgan chet tillari, sport, san’at to‘garaklariga barcha bolajonlar jalb etilgan. Mazkur to‘garaklarda, shuningdek, madaniy tadbirlardagi muntazam ishtiroki bolalarning bilim va saviyasini oshishiga xizmat qiladi.

Bayram shodiyonasida bolajonlar milliy kuy-qo‘shiq, raqs ijro etish orqali o‘z iste’dodini namoyish etib yig‘ilganlarga katta zavq ulashishdi.

Elmira OCHILOVA

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015-33)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: