Maktab yarmarkalari: ham sifat, ham son jihatidan oshib bormoqda

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Res­publika bolalar kutubxonasida maktab o‘quv qurollari, darslik­lar, kiyim-kechaklar, poyab­zallar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

2015/2016 o‘quv yiliga ham mamlakatimizda puxta hozirlik ko‘rildi. Maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv-uslubiy vositalar, kompyuter, mebel jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Yangi o‘quv yili arafasida mamlakatimizda ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida 10 avgustdan 10 sentyabrga qadar faoliyat ko‘rsatadigan 1 ming 876 ta maktab yarmarkasi tashkil etildi. Jumladan, yirik savdo maj­mualari, bozorlar, 970 ta umumta’lim maktabida yarmarkalar o‘tkazilmoqda. Tog‘li va cho‘l hududlarida yuzga yaqin avtodo‘kon xizmat ko‘rsatmoqda. Ularda 26 turdagi o‘quv qurollari va jihozlari sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Ularning aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilgan bo‘lib, asosiy turdagi mahsulotlarni aniqlangan ehtiyoj asosida mutasaddi kompaniya va tashkilotlar yetkazib bermoqda.

“O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan ham yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilgan. 3 million 100 ming dona qayta nashrdagi, 600 mingdan ortiq yangi nashrdagi darsliklar tayyorlandi. 1-sinflar uchun “Mehnat ta’limi”, 4-5-sinflar uchun “Jismoniy tarbiya”, yordamchi maktablarning 1-sinflari uchun “Nutq o‘stirish” darsliklari shular jumlasidan. Maktab o‘quvchilari uchun o‘quv, rasm daftarlari, yozuv va qayd qog‘ozi, 57 nomdagi bolalar adabiyoti chop etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov ishtirok etdi.

B.HALIMOV

Yana o‘qing:  MUSTAQILLIKNING QUTLUG‘ SAODATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: