TISH PASTASI TASHXISI

Britaniyalik olimlar odatiy tish pastasi tarkibida uchraydigan birikma infarkt va insult xavfini aniqlashga yordam berishini aniqlashdi. Mazkur kashfiyot millionlab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin.

Kembrij universiteti olimlari bemor qoniga o‘zida mayda radioaktiv moddalar zarrachalarini saqlovchi ftorid natriy birikmasini yuborib ko‘rishdi. Ftorid natriy arteriyalardagi beqaror kalsiy bilan reaksiyaga kirishib, amaldagi uslublardan ko‘ra aniqroq tashxis qo‘yishga xizmat qildi.

Ma’lumki, kalsiy arteriyalardagi ateroskleroz xastaligi rivojlanishida muhim rol o‘ynovchi yog‘li va boshqa tiqilmalarning muhim tarkibiy qismi sanalib, ular beqarorlashgan vaqtda qonning quyqalashuvi va boshqa turli muammolar, jumladan, infarkt va insultni keltirib chiqaradi.

Ayni shu tiqilmalarning vujudga kelayotganini qonga yuborilgan ftorid natriy osongina aniqlab berishi mumkin. Bunda olimlar tomirlardagi radioaktiv faollik darajasini o‘lchab, aynan qaysi qismlarda tiqilmalar mavjudligini belgilab olishadi. Natijada infarkt va insult xavfini bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida tibbiy muolajalarni boshlash imkoni tug‘iladi.

Yana o‘qing:  Sun’iy qon ustidagi tajriba

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: