DENIS ISTOMIN BOSH SOVRIN SOHIBI
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shveysariyaning Gshtaad shahrida o‘tkazilgan professional tennischilar uyushmasi – ATR turkumidagi “Suisse Open Gstaad” an’anaviy xalqaro turnirining juftlik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Belaruslik Aleksandr Buriy bilan kortga chiqqan hamyurtimiz dastlab polshalik Marius Firstenberg va meksikalik Santiago Gonsalesni 6:3, 7:6, chorak finalda polshalik Tomash Bednarek va avstraliyalik Ramiz Junaydni 6:3, 6:4, yarim finalda avstriyalik tennischilar – Julian Noul va Filipp Osvaldni 6:4, 3:6, 10:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.
Hal qiluvchi bahsda D. Istomin va A. Buriy avstriyalik Oliver Marak va pokistonlik Aysam Kureshiy juftligini 3:6, 6:2, 10:5 hisobida yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi.