KIM TEZ TOPADI?

Uch og‘ayni bir qishloqdan o‘tayotib, kech qolib ketganliklari sababli, bir xonadondan boshpana olishibdi. Uy bekasidan kartoshka qaynatib berishni iltimos qilishib, kartoshkalar qaynaguncha, o‘zlari uxlab qolishibdi. Uy bekasi ularni uyg‘otib o‘tirmay, kartoshkalarni stol ustiga qo‘yibdida o‘ziyam uyquga ketibdi.

Eshmat uyg‘onib qarasa kartoshkalar turibdi, hamma kartoshkani teng uchga bo‘lib, o‘zining ulushini yeb, stolni tozalab, yana uyquga ketibdi. Orqasidan Toshmat uyg‘onib qarasa, kartoshkalar turibdi. U o‘zini birinchi turgan hisoblab, hamma kartoshkalarni uchga bo‘lib, o‘z ulushini yeb, stolni tozalab yana uyquga ketibdi. Keyin Yormat uyg‘onibdi. U ham o‘zini birinchi uyg‘ongan deb o‘ylab kartoshkalarni uchga bo‘lib bir qismini yeb uyquga ketibdi. Ertalab uchchalasiyam uyg‘onib qarasa, stolda 8 dona kartoshka qolgan ekan.

Hammaga bir xil bo‘lishi uchun kim yana nechtadan kartoshka yeyishi kerak? .

Yana o‘qing:  YOSHLARIMIZ DURANG O‘YNADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: