JAMIYAT TARAQQIYOTIDA MUHIM OMIL

Oliy majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatlarining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat ijtimoiy buyurtmalarini joylashtirish bo‘yicha bu yil ilk bor tanlov o‘tkazdi. Mazkur tanlovda “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati “Keksalarimiz – bebaho boyligimiz” loyihasi bilan ishtirok etdi va bu loyiha davlat ijtimoiy buyurtmasi sifatida moliyalashtirildi.

Ayni paytda tahririyat O‘zbekis­ton Matbuot va axborot agentligi bilan ijtimoiy sheriklik asosida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishni boshladi. Shu munosabat bilan “Jamiyat” gazetasi tahririyati loyiha taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumanini o‘tkazdi.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturning 50-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Keksalarimiz – bebaho boyligimiz” loyihasi asosida jamiyatning barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni keksalar holidan tez-tez xabar olishga undash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga chorlovchi targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, anjumanda davlat buyurtmasi sifatida moliyalashtirilgan ijtimoiy loyihaning maqsad-vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari, undan kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritildi.

Mirzufar ShARIPOV

Yana o‘qing:  SOG‘LOM VA NAVQIRON

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: