DORI-DARMON AVTOMAT MASHINASI YARATILDI

Angliyaning qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholi uchun dori-darmon avtomat mashinasi yaratildi. Avtomatning afzalligi shunda-ki, uning yordamida dorixonaga bormasdan turib kerakli dori vositasini sotib olish mumkin.

Qurilmaga o‘rnatilgan Veb-kamera bilan bir vaqtning o‘zida dorixona xodimi bilan gaplashish, undan kerakli maslahatni olish va zarur dorini xarid qilish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari odatiy dorixonalarda taklif qilinadigan xizmatlar, masalan: bepul dori vositalarini olish xizmatidan ham foydalanish mumkin.

Aberdin universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur tizim kichik aholi punktlarida yashovchi, dori-darmon olish maqsadida shaharga boradigan fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilishi kutilmoqda.

Xurshida Tolibjon qizi

Yana o‘qing:  Qon nega suyuladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: