SELFIMANIYa QACHON KASALLIKKA AYLANDI?

So‘nggi vaqtlarda “selfi” so‘zini eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Qo‘l telefonidan tushirilgan selfilar ijtimoiy tarmoqlarda ham juda ommalashib ketdi. Hattoki, mashhur insonlar ham turli selfilari bilan tez-tez ko‘zga tashlanishmoqda.

Xalqaro shifokorlar guruhi aynan qaysi holatlarda selfiga tushishga bo‘lgan ishtiyoq inson ruhiyatida salbiy o‘zgarishlarga olib kelishini ma’lum qilishdi.

Tadqiqotchilar selfimaniyaning ruhiy xastalikka olib boruvchi uch bosqichini belgilab chiqishdi. Ularning fikricha birinchi bosqichda inson har kuni uch martagacha selfiga tushadi. Ammo tushgan rasmlarini har doim ham internetga joylashtirish haqida o‘ylamaydi. Ikkinchi bosqichda ham uchtagacha selfi oladi. Biroq, ularni ijtimoiy tarmoqlarga albatta joylashtirish lozim, deb hisoblaydi.

“Selfiboz” uchinchi bosqichga qadar chiqar ekan, uning ruhiyatida jiddiy salbiy o‘zgarishlar kuzatila boshlaydi. Bu holat u kuniga oltitadan ziyod o‘z selfi suratlarini internetga joylashtirishni boshlaganda yaqqol ko‘zga tashlanadi. U o‘zida suratlariga bildirilgan mulohazalar va “layk”lar soniga kuchli bog‘liqlikni his eta boshlaydi.

“Bunday holatda odamlar ehtiyotkorlik hissini butunlay yo‘qotadi va noodatiy suratga olish va internetning boshqa foydalanuvchilari bildirgan reaksiya orqali o‘ziga bo‘lgan bahoni oshirish uchun hech narsadan tap tortmaydi”, deya izohlaydi ekspertlar.

Selfi tushishga bog‘lanib qolish keyinchalik nevroz va hattoki yanada chuqurroq patologik holatlar – psixozga ham olib kelishi mumkin. Boshqalar tomonidan bee’tibor qoldirilgan selfiboz o‘zida noqislikni his etib, oqibatda jizzakilik, norozilik yoki aksincha, ruhiy tushkunlikka (depressiya) tushib qolishi mumkin. Bunday odamlarga albatta psixologik yordam ko‘rsatilishi lozim. Chunki, ular o‘zini suratga olish va uni internetga joylashtirish istagi chegaradan allaqachon chiqib ketganini va bu holat keyinchalik og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarashi mumkinligini anglay olmasliklari ehtimoli yuqori.

Bu esa o‘sha insonning fojeasi. Selfimaniyaning yomon oqibatlaridan yaqinlaringizni asrang, azizlar!

Zuhra AHMEDOVA

Yana o‘qing:  O‘QITUVCHI: zamon bilan hamnafas

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: