Yoshlikning jo‘shqin ilhomlari

Yoshlar ijod saroyida Vatanimiz Mustaqilligining 21 yilligiga bag‘ishlangan “Navqiron O‘zbekiston — 2012” V respublika an’anaviy va zamonaviy san’at festivali boshlandi.

“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Yoshlar ijod saroyi tomonidan tashkil etilgan mazkur festivalda tasviriy va amaliy san’at asarlari namoyish etilmoqda.

Festivalning ochilishida turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, rassom va dizaynerlar, usta va hunarmandlar, san’atshunoslar, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning badiiy didi va tafakkurini shakllantirish, milliy madaniyatimiz va san’atimizni yanada ravnaq toptirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Bu jihatlar “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi faoliyatida ham muhim o‘rin tutadi. Mazkur jamoat tashkilotining “Art Week.Style.uz” xalqaro loyihasi, “Tasviriy san’at+5” ijodiy haftaligi, biyennale va ko‘rgazmalari milliy madaniyatimiz va san’atimizning o‘ziga xos an’analarini targ‘ib etish bilan birga, ijodkorlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishi uchun imkoniyat yaratayotir.

Jamg‘arma tomonidan 2004 yildan buyon har ikki yilda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Navqiron O‘zbekiston” san’at festivali 17 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning ijodiy-intellektual, badiiy salohiyatini yuksaltirish, faoliyatini atroflicha tahlil etish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

“Navqiron O‘zbekiston: an’anaviy san’atga zamonaviy nigoh!” shiori ostida o‘tkaziladigan mazkur festivalning ahamiyatli tomoni — loyihaga taqdim etilgan ishlarda asrlar mobaynida shakllangan nafis san’atning turli yo‘nalishlariga yoshlarning yangicha nigohi, munosabati o‘z ifodasini topadi. O‘tgan vaqt mobaynida mazkur tasviriy san’at bayramida muvaffaqiyatli ishtirok etgan yoshlar yurtimizda qad rostlayotgan muhtasham binolar, muzeylar, san’at va madaniyat maskanlarini bezash, ko‘cha va xiyobonlar, bog‘larning landshaft dizaynini yaratish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqda. Xalqaro miqyosdagi turli nufuzli ko‘rgazmalar, xorijda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati kunlari singari tadbirlarda qatnashmoqda.

“Navqiron O‘zbekiston — 2012” san’at festivalida ijodkor yoshlarning tasviriy san’at, fotografiya, dizayn, haykaltaroshlik, milliy hunarmandlik, installyasiya, video-art singari yo‘nalishlardagi asarlari namoyish etilmoqda. Ularda mualliflarning orzu-intilishlari, hayotga munosabati yoshlikka xos beg‘uborlik va jo‘shqinlik bilan ifoda etilgan. Festival doirasida san’atshunos olimlar, taniqli musavvirlar, haykaltaroshlar, usta va hunarmandlar ishtirokida davra suhbatlari, mahorat saboqlari, ma’rifiy anjumanlar bo‘lib o‘tadi.

Yana o‘qing:  Samarqandga sayohat

— Tasviriy va amaliy san’atning turli yo‘nalishlari yangicha nigoh bilan talqin etilsa-da, uning asosiy mohiyati, maqsadi insonni ma’naviy kamolotga yetaklash, ezgulikka, pok va olijanob fazilatlarga da’vat etishdir, — deydi rishtonlik kulol Mirzomazhar Akromov.

— Festival uchun taqdim etilgan barcha ishlarda ushbu jihatlar yaqqol sezilib turibdi. Bunday san’at festivalida ikkinchi marta ishtirok etyapman. Yoshlar ijod saroyidek muhtasham ko‘rgazma zalida ijodiy ishlarimning namoyish etilishi biz, yoshlar uchun ulkan sharafdir.

Festival g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir sentyabr oyining boshida bo‘lib o‘tadi.

Nazokat USMONOVA,

O‘zA muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: