Jurnalistlar uchun media-tur: yangi o‘quv yiliga taraddud

Yurtimizda yosh avlodning har tomonlama puxta ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘g‘il-qizlarning mustaqil va sog‘lom dunyoqarashga ega, intellektual salohiyatli insonlar bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi. Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan media-tur ushbu mavzuga bag‘ishlandi.

Media-tur ishtirokchilari Guliston shahridagi 12-, 21-maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlar faoliyati bilan tanishdi. Mazkur muassasalarda davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan “Bilimdon” dasturi bo‘yicha sharoitlar yaratilib, belgilangan tartibda ta’lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur media-turda jurnalistlar Sirdaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni qisqa muddatli maktab ta’limiga tayyorlash tajribasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Viloyatdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarga binoan bolalarni maktabga tayyorlashda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu media-tur davomida maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Unga ko‘ra 2015-2016 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining birinchi sinfiga qabul qilinishi rejalashtirilgan 16 mingdan ziyod o‘quvchining qariyb besh mingi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi to‘liq tayyorlov guruhiga qamrab olingan. Yana shuncha qismi qisqa muddatli guruhlarga jalb etilgan. Qisqa muddatli guruhlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi 21 ming 468 nafar bolani maktabgacha ta’limga qamrab olish imkonini berdi.

Bugungi kunda bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida, maktabgacha ta’lim muassasalarida turli tayyorlov guruhlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hozirgi kunda respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari qoshida 42 ming 608 nafar bolani qamrab olgan 1 ming 775 ta qisqa muddatli, 3 ming 188 ta maktab qoshidagi savodxonlik guruhlari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyidan respublikamizning 13 ta hududida (Toshkent shahridan tashqari) maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bo‘sh guruhlar hisobidan 1 ming 220 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur guruhlarda pedagogika kolleji bitiruvchilarining pedagogik faoliyat yuritishi ta’minlanishi alohida ahamiyatga ega.

– Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan ishlar tegishli huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan vazifalarga muvofiq olib borilmoqda, – deydi Sirdaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Mamarasulov. – Xususan, qisqa muddatli guruhlarning tashkil etilishi birinchi sinfga boradigan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Yana o‘qing:  ER YIGIT – YURT POSBONI

Qisqa muddatli guruhlarga jalb etilgan tarbiyachilarning bilim va ko‘nikmasini oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilib, qayta tayyorlangan tarbiyachilarga maxsus sertifikatlar topshirilmoqda. Tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlaridagi maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan metodika uyushmalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyati yuzasidan seminarlar o‘tkazildi.

Shuni ta’kidlash joizki, yosh avlodni sog‘lom, ma’naviy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘rgatish, sport va badiiy yo‘nalishdagi to‘garaklar tashkil etilishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, hozirgi kunda respublikamizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida 4 ming 853 ta ingliz, 79 ta nemis, 19 ta fransuz tillari, 1 ming 952 ta badiiy gimnastika, 1 ming 313 ta shaxmat va shashka boshqa to‘garaklar tashkil etilgani quvonarli hol.

Davlat talablarining bajarilishida, eng avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit muhim ahamiyatga ega. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olib, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflariga kelgan bolalar oiladan kelgan tengdoshlariga nisbatan aqliy, ijodiy qobiliyati hamda muloqotga kirishish layoqati jihatidan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lishadi.

SHU O‘RINDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 fevraldagi 15-sonli bayoniga ko‘ra qishloq joylarda maktabga tayyorlashni yaxshilashga yo‘naltirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2015-2020 yillarda 300 ta maktabgacha talim muassasalari to‘liq ta’mirlanishi rejalashtirilgan.

Navro‘z NORBOBOYEV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: