Yoz quvonchlari

Yozning jazirama kunlarida so‘lim tabiat qo‘ynida dam olishning gashti o‘zgacha. Ayniqsa oromgohlar bag‘rida yayrab hordiq chiqarayotgan bolajonlar uchun yozgi ta’til kunlari yanada mazmunli o‘tmoqda.

Yurtimizda bolajonlarning yozgi ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish, ularni ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazish yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Sog‘lomlashtirish oromgohlari, maxsus oromgohlar va kunduzgi oromgohlarda tarbiyalanayotgan bolajonlar nafaqat dam olish, balki turli to‘garaklarda bilim va hunar egallash imkoniyatiga ham ega bo‘lishmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi o‘z faoliyat doirasida ona va bola salomatligi, ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida qator samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Janubiy Koreya, Germaniya, AQSH singari dunyoning qator rivojlangan davlatlari bilan sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya masalalarida yo‘lga qo‘yilgan ko‘plab hamkorlik aloqalarida ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Ana shunday xayrli loyihalar samarasi o‘laroq Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda 230 nafar “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi “Ohalik” oromgohi hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Konstruktor” oromgohlariga jalb etiladi.

Bugungacha “Ohalik” oromgohida 1-mavsum 18-29-iyun kunlari tashkil etilib, unda jami 80 nafar bola sog‘lomlashtirilgan bo‘lsa, 3-14-iyul kunlari tashkil etilgan 2-mavsumda esa 90 nafar bola sog‘lomlashtirildi.

Bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularda ona Vatanga bo‘lgan muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish milliy meroslarimizni asrab-avaylash kabi maqsadlarda tashkil etilgan mazkur oromgohlarda bolalar o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda turli to‘garaklarga jalb qilingan.

Shu bilan bir qatorda, malakali tarbiyachilar ham har bir bola bilan uning qiziqishlariga qarab mashg‘ulotlar olib borishmoqda.

Oromgohlarda bolajonlarning salomatligi ham doimiy nazorat ostida. Malakali tibbiyot xodimlari tomonidan muntazam o‘tkazib turiladigan tibbiy ko‘riklar bolajonlar salomatligini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Mamlakatimiz rahbarining “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va bir qator davlat dasturlari asosida tarbiyalanuvchilarning chet tillarini o‘rganishlariga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Buning natijasida bolalarning horijiy tillarni o‘zlashtirishlari yanada yaxshilanib bormoqda.

“Konstruktor” oromgohida esa mavsum 24-iyuldan 4-avgustgacha davom etadi.

Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining asosiy maqsadi ham xuddi shu. Zero, bolajonlarga quvonch ulashib yashashdan ortiqroq ezgulik bormi?!

Yana o‘qing:  JAHONDA YAGONA ASAR

F. TOLIPOV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: