OZOD VA OBOD VATAN TARANNUMI
Navoiy viloyatida imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida “Maftunkor ranglar dunyosi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo‘limlari, viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 25 nafar yosh ijodkor ishtirok etdi.
Erkin mavzuda ijod qilgan yoshlarning mustaqillik, ozod va obod Vatan, farovon hayot, baxtiyor bolalik, tinch va xotirjam umr kechirayotgan yurtdoshlarimiz ko‘zidagi ishonchni aks ettirgan suratlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Birinchi o‘ringa Navbahor tumanidan Xosiyat Mirzayeva ijodi munosib ko‘rildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Karmana tumanidan Shirina Qahhorova hamda xatirchilik Shohjahon Rahmonovga nasib etdi.
Endi g‘oliblar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.
A. NORBOYEV