ZAMONAVIY TENNIS MAKTABI
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari tennis maktabida yoshlarning tennis, stol tennisi va badminton bilan shug‘ullanishi uchun barcha qulaylik yaratilgan.
Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, yosh avlodni sog‘lom voyaga yetkazish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qayta qurilgan mazkur tennis maktabi iqtidorli yosh tennischilarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Bir nechta ochiq va yopiq kortlar, sauna, dush, tibbiyot xonasi, alohida murabbiylar xonalariga ega maktab tarbiyalanuvchilari turli musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
F. NURMUHAMMEDOV,
Farg‘ona viloyati