JAMG`ARMA FAOLIYATIDAN (2012/50)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Nukus shahri “Mang‘it” choyxonasida 210 nafar nogiron bolalarga bayram dasturxoni yozilib, konsert dasturi tashkil etildi. Bolajonlarga har xil sovg‘alar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va sanitariya-gigiyena vositalari tarqatildi.
Buxoro viloyati: Jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Buxoro shahar 28803-harbiy qism, Buxoro shahar harbiy komendaturasi hamda shahar harbiy prokuraturasi xodimlariningoilalari o‘rtasida sog‘liqni saqlash xodimlari bilan hamkorlikda “Sog‘lom oilani shakllantirish”, “Irsiyat bilan bog‘liq va tug‘ma kasalliklarga chalingan nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish”ga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi va bukletlar tarqatildi.
Jizzax viloyati: Jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Zarbdor tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabida 2000-2001 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “Umidli dunyo” shiori ostida sportning mini futbol va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Jami 200 nafar ishtirokchi qatnashgan ushbu musobaqalar g‘olib va ishtirokchilariga sanitariya-gigiyena vositalari xayriya sifatida tarqatildi.
Namangan viloyati: Jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida Navoiy viloyati Nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazida tiklanish kursini o‘tayotgan 10 nafar nogironlarga jamg‘arma tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.
Surxondaryo viloyati: Jamg‘arma mintaqaviy filiali Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari mutaxassislari tomonidan nogironlarni ma’naviy, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joylarda nogironlarga alohida e’tibor qaratildi. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlandi.
Abbosjon Ergashev,
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi