MADANIYATDA ZAMONAVIY MADANIYAT MARKAZI
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda boy madaniy merosimizni o‘rganish, tadqiq etish hamda rivojlantirish, yoshlar qalbida vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Madaniyat ovul fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilgan ushbu maskandagi qurilish ishlari “Qorao‘zakqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan amalga oshirildi.
G.AYMBETOVA