TALABALIKKA IMTIYOZ

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan o‘tkazilayotgan madaniyat va san’at kollejlari, musiqa akademik litseylari yosh ijrochilarining an’anaviy respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovdan asosiy maqsad o‘g‘il-qizlar qalbiga vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish, yurtga sadoqat ruhi bilan yo‘g‘rilgan mazmunan teran, badiiy yetuk asarlar ijro etishni rag‘batlantirishdan iboratdir.

Yosh ijrochilarning mazkur an’anaviy tanlovi g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan taqdim etiladigan guvohnoma asosida mutaxassisligiga mos oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha imtihonlarsiz va test sinovlarisiz qabul qilinadi.

Tanlovda damli, zarbli, torli va xalq cholg‘ulari, akademik xonandalik, an’anaviy hamda folklor ijrochiligi kabi yo‘nalishlar va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ular diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  IQTIDORLI YOSHLAR ANJUMANI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: