TAFAKKURI YUKSAK AVLOD

mamlakat quch-qudratini ta’minlaydi

Ayni kunlarda o‘quvchilarning yozgi ta’tilni maroqli va bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida barcha hududlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yozgi dam olish maskanlari, maktablarda kunduzgi oromgohlar tashkil etilgan. Bu ularning nafaqat sog‘lom bo‘lishiga, balki aqlan te’ran fikrlashlari uchun ham zamin hozirlaydi.

Oliy o‘quv maskanlarida esa abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlanish arafasida. Ularning o‘z kelajagi sari tinimsiz harakat qilayotganini ko‘rib yurtning ertasi istiqbolli ekaniga guvoh bo‘lamiz. Yoshlarga yaratilayotgan bundayin imkoniyatlarning barchasi kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab qo‘yilgan.

Sir emas, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishida eng muhim jihat mutaxassislar masalasi hisoblanadi. Chunki, idora etishning yangi munosabatlari, mexanizmi va usullari har doim takomillashib, o‘ziga yarasha murakkablashib boradi. Ana shunday sharoitda kadrlar siyosati yanada muhim ahamiyat kasb etib, jamiyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biriga aylanadi. Buni har jihatdan puxta, oqilona hal etish har qanday davlatning eng zaruriy va mas’uliyatli vazifalaridan biridir.

1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrda “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatda kadrlar siyosatini keng ko‘lamda amalga oshirishda tashlangan katta qadam sanaladi.

Ushbu dasturni qabul qilishdan asosiy maqsad, eng avvalo, ta’lim sohasini isloh qilish, ta’lim tizimini eng rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarish asosida kadrlarni barkamol inson, teran fikrlovchi shaxslar qilib tarbiyalashdan iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, ulkan vazifalar hal etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularni bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish belgilandi.

Unga ko‘ra uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Bu ta’lim turlari o‘z ichiga maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim turlarini qamrab oladi.

Uzluksiz ta’lim ijodkorlar, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun shart-sharoit yaratadi. Bu haqda o‘ylaganda, ta’limning quyi bo‘g‘ini – maktab haqida so‘z yuritmaslikning iloji yo‘q. Ekspert-tahlilchilarning fikricha, ayni paytda ko‘p mamlakatlarda maktab tizimining davrdan orqada qolayotgani ushbu bo‘g‘inni isloh qilish zaruratini tug‘dirmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli hozir yetakchi mamlakatlarda maktablarni ekstensiv rivojlantirish o‘zini oqlayotganini ko‘rsatadi. Ta’lim sohasini chuqur isloh qilish vazifalarini hisobga olgan holda barcha bo‘g‘indagi o‘quv yurtlarini tubdan qayta qurish amalga oshirilmoqda. Agar yaqin vaqtlargacha kadrlar asosan Toshkent va Samarqandda tayyorlangan bo‘lsa, endilikda har bir viloyatda fan va ta’lim markazlari tashkil qilinmoqda.

Yana o‘qing:  RUBOIYLAR

Mavjud ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini yaratish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturini hayotga izchil tatbiq etish ishlari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.

Odil VOHIDOV,

Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: