KITOB – SAODAT MANZILI

Mamlakatimizda 28 may kuni “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida an’anaviy “Kitob bayrami” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu tadbir Toshkent va Nukus shaharlari hamda barcha viloyat markazlarida tashkil etildi.

Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori O.Yunusov va boshqalar mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar milliy adabiyotimizni ravnaq toptirish, buyuk ajdodlar yaratgan boy ma’naviy merosni va milliy an’analarimizni asl holicha asrash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor mustaqil fikrli, bilimli va ma’naviyatli yoshlarni kamolga yetkazishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Mamlakatimizda noshirlik ishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Mustaqillikka qadar yurtimizda 9 ta nashriyot ishlagan bo‘lsa, bugungi kunda yuzdan ziyod nashriyot faoliyat ko‘rsatmoqda. Matbaachilik sohasi ham izchil rivojlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Kitob bayrami” qatnashchilari soni yildan-yilga ko‘payib borayotir. 2014 yilda bir yarim million aholi “Kitob bayrami”ga tashrif buyurgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich ikki barobarga ortdi.

G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida nashriyotlarning stendlari va kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi. Ulug‘ mutafakkirlarimizning kitob va kitobxonlik haqidagi purma’no hikmatli so‘zlari tushirilgan pannolar oldidan hech kim befarq o‘tolmadi. Bog‘ning turli burchaklariga o‘rnatilgan telemonitorlarda nashriyotlar faoliyati, kitobxonlik madaniyati, “Namunali kitob do‘koni” ko‘rik-tanloviga oid lavhalar namoyish etildi.

“Kitob bayrami”da har bir kishi o‘zi uchun zarur ma’lumot olish, izlagan kitobini topish, o‘zining bilimi, qiziqishi va savodxonligini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega. Shu maqsadda adib va shoirlar, kitob grafikasi bo‘yicha rassomlar, muharrirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, “Eng yaxshi kitobxon”, “Kitobxon oila” kabi mavzularda intellektual o‘yinlar o‘tkazildi.

B.HALIMOV

Yana o‘qing:  Maktab yarmarkalari: ham sifat, ham son jihatidan oshib bormoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: