OLMALI O‘RAMA PIROG
Zarur mahsulotlar: 300 gr. un, 2 choy qoshiq xamiryumshatgich (razri’xlitel), 1 choy qoshiq tuz, 150 gr. tvorog, 100 ml. pista yog‘i, 100 ml. sut, 1 ta tuxum, 3 ta olma, 0,5 stakan shakar.
Tayyorlanishi: tvorog va sutni suyuqligi o‘rtacha holga kelguncha aralashtiramiz. So‘ng ustiga pista yog‘idan solib, yana aralashtirishda davom etamiz. Aralashmaga un, xamiryumshatgich va tuzni qo‘shamiz. Elastik xamir qoramiz. Xamir tinguncha uning ichiga solinadigan masalliqni tayyorlab olamiz. Buning uchun olmani archib, mayda to‘g‘rab olamiz. Xamirga un sepib, uni 45 mm qalinlikda yoyib, taxminan 6 sm kenglikda tasmalar kesamiz.Tasmalarga olma bo‘laklarini qo‘yib ustidan shakar sepamiz. Xamir tasmalarining yonlarini biriktirib, ustini yopib chiqamiz. Olmali xamirlarni pergament qog‘ozi to‘shalgan gaz pechi patnisiga spiral shaklida o‘rab joylashtiramiz. Bunda xamirning ulangan qismi progning ichki tomonida qolishi lozim. Bundan tashqari oraliqda biroz bo‘sh joy qoldirish zarur. Chunki pishish jarayonida xamir kattalashadi. Pirogning ustiga tuxum surib, 180 darajagacha qizdirilgan gaz pechida taxminan 25 daqiqa davomida pishiramiz.
O‘rama pirogimiz tayyor.
GULOYIM