“SOG‘LOM BOLA HAFTALIGI” DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va YUNISEF bilan hamkorlikda 2003 yildan buyon an’anaviy tarzda A vitamini tanqisligining oldini olish maqsadida saplementatsiya chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu yil 25-30 may kunlari 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan 2,6 mln. nafar bolaning immunitetini ko‘tarish va ularda A darmondorisi yetishmovchiligini kamaytirish uchun mamlakatimizning barcha bolalar tibbiy muassasalarida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mikronutriyentlar yetishmovchiligi odam organizmida 80 foiz kasallik rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Ayniqsa, inson tana a’zolari uchun o‘ta muhim bo‘lgan temir, yod moddasi va A vitamini tanqisligi immunitetni juda pasaytirib, kishi hayot faoliyatiga jiddiy xavf soladi.

BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti) huzuridagi YUNISEF(Bolalar) tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra jahonda 5 yoshdan kichik bo‘lgan 100 mln.ga yaqin bola A vitamini tanqisligidan aziyat chekadi. Bu darmondori yetishmovchiligi bolada shabko‘rlik (kech bo‘lganda ko‘rmay qolish)ga va ko‘rlikka hamda immunitet pasayishi, shuningdek, ularda turli nuqsonlar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Immuniteti past bolalarda qizamiq, ichak infeksiyalari hamda O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar) og‘ir kechib, asorat qoldirishi va ko‘p hollarda mudhish oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan.

Haftalik doirasida bolalarga vitaminlar barcha tibbiy muassasalarda bepul beriladi. O‘z vaqtida go‘daklarni vitaminlar bilan ta’minlash ularning sog‘lom va durkun o‘sishlariga zamin yaratadi.

G.ShIRINOVA

Yana o‘qing:  MUSOBAQALARGA QUR’A TASHLANDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: