BAXTIYOR AVLODMIZ

Baxtimiz Qomusi bo‘lmish Konstitutsiyamiz haq-huquqlarimiz poydevoridir. Har gal uni qo‘limga olib qayta-qayta o‘qiyman. Qomusimizning IX-bob 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul bilim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat himoyasidadir” deya ko‘rsatilgan.

Shu bois ham men va mening tengdoshlarim barcha sharoitlarga ega bo‘lgan maktablarda yayrab bilim olmoqdamiz. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi.

Xo‘sh, bunday qulay shart-sharoitlarlardan biz qanday foydalanayapmiz? Bunga javoban avvalo sinfimiz o‘quvchilarining deyarli barchasi a`lo va yaxshi baholarga o‘qib, turli fan olimpiadalarida muntazam g‘oliblikni egallab kelayotganini ta‘kidlagim keladi. Jamoat ishlarida ham faol ishtirok etamiz. Barcha ustozlarimiz, ota-onamiz singari bizni qo‘llab-quvvatlashi yutuqlarimiz garovidir. O‘zim esa ona tili va adabiyot fanini yaxshi ko‘raman, she`rlar mashq qilaman. Yaqinda mening birinchi she`rim matbuotda chop etildi. Butun sinfimiz meni qutlaganida qalbim hayajonga to‘lib ketdi. Gazetani o‘qiyotgan bobojonim, barakalla mening bo‘lg‘usi shoira qizim,– deya maqtab qo‘ydi. Shunday ozod va obod yurtda yashayotganimdan faxrlanaman. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday deydi: “Ma`lumki, bugun biz yurtimizda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi bo‘lgan Konstitutsiya va qonunlar asosida demokratik dunyoviy davlat barpo etmoqdamiz. Bu davlat, avvalambor, dunyoviy taraqqiyotga, uning eng ilg‘or yutuq va natijalariga tayanadi”. Demak, biz yoshlar ham ana shu taraqqiyotga puxta bilimimiz bilan hissa qo‘shishimiz lozim.

Nodira NIZOMOVA,

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi 91-maktab o‘quvchisi

Яна ўқинг:  ТАЛАБАЛАРНИНГ СЕВИМЛИ МАСКАНИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: