FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI ASOSI

1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Bosh Qomusimiz huquqiy va demokratik davlat barpo etish vazifalarini hayotga tadbiq etishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaning “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” bo‘limida mamlakatimizda insonparvar huquqiy demokratik davlat barpo etishning amaliy ifodasi o‘z aksini topgan. Jumladan, 18-moddada belgilab qo‘yilganidek, “O‘zbekiston Resupblikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.

Konstitutsiyada imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart, deb keltirilgan. Shuning bilan birga, unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar.

“Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas”, (19-modda) – deb, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangan. Bu o‘z navbatida barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari tengligini, hech kimning jinsi, irqi, dini, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei jihatidan kamsitilishi mumkin emasligini, fuqarolar bilan davlat o‘rtasida o‘zaro bir-birlariga nisbatan huquq hamda burchlari mavjudligini, fuqarolarning Konstitutsiya va davlatning boshqa qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligi, ularni sud qarorisiz hech kimning cheklashga haqli emasligini kafolatlaydi.

Konstitutsiyamizning 24-moddasida “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir”, deyilgan. Buning ma’nosi shundan iboratki, yashash huquqi insonning tabiiy huquqi hisoblanadi. Insonning tabiiy huquqi (yashash huquqi) va uni o‘z navbatida himoyasini ta’minlash davlat hamda barcha jamoat tuzilmalari faol harakatlarining keng doirasini, har bir mavjud inson turmushining xavfsiz ijtimoiy va tabiiy muhitini, turmush sharoitini o‘zida mujassamlaydi.

Insonning yashash huquqi, u hayotda kim bo‘lishidan qat’i nazar, qonun tomonidan ta’minlanadi. Mazkur huquqiy norma 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan va o‘zining tarixiy 60 yilligi keng miqyosda nishonlanayotgan inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga ham to‘liq mos keladi. Jumladan, inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 3-moddasida har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Yana o‘qing:  Ijodkorlarning pensiyasiga doir

Asosiy Qonuning “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” bobi fuqarolarning mehnat qilish, mulkdor bo‘lish, merosxo‘r bo‘lish, bilim olish, ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi, ijtimoiy ta’minot olish huquqlarini kafolatlaydi. Xususan, 37-moddada, “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”.

“Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”, deb belgilangan. Bu esa, o‘z navbatida O‘zbekistonda qonun tartibida va kundalik hayotda har bir insonga to‘liq erkin iqtisodiy faoliyat, o‘z mehnatini sarflaydigan sohani va shaklini erkin tanlash ta’minlanadi. Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadirlar.

Har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqlari mustahkamlangan konstitutsiyaviy me’yorlarni rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun aniq mexanizmni yaratish maqsadida “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Mehnat kodekslari va boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Bizning oldimizda turgan eng dolzarb vazifalardan biri bu albatta, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini barcha fuqarolarimiz, ularni yoshidan qat’i nazar chuqur o‘rganishlaridir. Chunki, har bir shaxs kundalik hayotida Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklariga bevosita murojaat qiladi. Qomusimiz o‘zining mazmun-mohiyati bilan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlab beruvchi oliy yuridik hujjatdir.

Davlat DAVLATOV,

TDYUI magistranti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: